27 mar 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 205. Askarov kutilmaganda ilk mag'lubiyatini qabul qildi + 10 ta FOTO
Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Kolambus shahridagi "Neyshnvayd-Arena" stadionida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.
UFC Fight Night 205 oqshomining Co-main event jangida rossiyalik Askar Askarov Yangi Zelandiya vakili Kay Kara-Frans bilan to'qnash keldi. Jang to'liq davom etdi va kutilmaganda Askarovning ochkolar hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Uchchala hakam ham bir xil 29:28 hisobidagi g'alabani Kayga taqdim etgan.
SHu tariqa, Askar Askarov faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha uning rekordi 13 ta g'alaba edi.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar