27 mar 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 205. Markaziy jangda nokaut qayd etildi + 10 ta FOTO
Biroz avval AQSHning Kolambus shahridagi "Neyshnvayd-Arena" stadionida navbatdagi UFC turniri yakuniga etdi.
UFC Fight Night 205 oqshomining markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda amerikalik 31 yoshli Kyortis Bleyds 32 yoshli vatandoshi Kris Dokosga qarshi oktagonga chiqdi.
Besh raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raundning 17-soniyasi o'tib borayotgan bir pallada to'xtatildi. Bleyds raqibini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu Kyortisning faoliyatidagi 16-g'alabasi edi. Hisobida 3 ta mag'lubiyat ham bor.
Eslatib o'tamiz, Kyortis Bleyds UFC og'ir vaznlilar reytingida 4-o'rinni egallab turibdi. Kris Dokos esa 9-pog'onadan joy olgan. Frensis Ngannu esa divizion chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar