15 mar 11:12
Yangiliklar

UFC Fight Night 254 tarozi natijalari. Uch jangchi vazn qila olmadi
Oqshom ishtirokchilari ananaga ko'ra rasmiy tarozidan o'tish tadbiri hamda so'nggi face to face marosimida hozir bo'lishdi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik yarimog'ir vazn toifasi vakili Diyar Nurgojay UFC promoushenida debyut qiladi. U belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Nurgojay tarozida ikki kilogramm ko'p vazn ko'rsatdi. Diyarning jangi bekor bo'lmaydi, lekin gonorarining katta qismini braziliyalik raqibi Brendson Ribeyroga beradi.
SHuningdek, CHidi Njokuani va Josias Musasa ham belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Ular ham o'z gonorarlarining malum bir qismini raqiblariga taqdim etishadi. Oqshomning asosiy jangi ishtirokchilari, o'rta vazn toifasi vakillari Marvina Vettori va Roman Dolidze bir xilda vazn qayd etishdi - 84.4 kg.
UFC Fight Night 254 tarozi natijalari:
Marvin Vettori (84.4 kg) – Roman Dolidze (84.4 kg)
Elizeu Zaleski dos Santos (77.5 kg) – CHidi Njokuani (78.1 kg)*
Aleksandr Ernandes (70.8 kg) – Kurt Xolobau (70.5 kg)
DaMon Blekshir (61.7 kg) – Kodi Gibson (61.7 kg)
Diyar Nurgojay (95.5 kg)** – Brendson Ribeyro (93.2 kg)
Sen Vu CHoy (66.2 kg) – Kevin Valexos (66 kg)
Prelim kard
Valdo Kortes-Akosta (118.6 kg) – Rayan Spenn (112.9 kg)
Ey Jey Kanningem (61.7 kg) – Su Yung YU (61.7 kg)
Josias Musasa (61.9 kg)*** – Karlos Vera (61.7 kg)
Sem Xyuz (52.6 kg) – Stefani Luchiano (52.6 kg)
Daniel Barez (57.2 kg) – Andre Lima (57.2 kg)
Priscila Kachoeyra (61.2 kg) – Josien Nunes (61.7 kg)
Yuneysi Duben (56.9 kg) – Karli Judis (56.7 kg)
Fikrlar