08 fev 12:42
Yangiliklar
UFC Fight Night 266. Qozog'istonlik jangchida bonus
UFC’ning eng engil divizioni vakili polshalik Yakub Viklach Muin Gafurov ustidan so'nggi soniyada g'alaba qozondi. U raqibining teykdaun amalga oshirishga bo'lgan umidsiz urinishidan foydalandi va jang tugashiga bir soniya qolganida gilotina usulida bo'g'ib qo'ydi. Yakub "Oqshom namoyishi" uchun qo'shimcha 100 000 dollarlik chekni qo'lga kiritdi.
"Oqshom namoyishi" uchun ikkinchi bonus turnirning asosiy jangida g'alaba qozongan amerikalik Mario Bautistaga nasib etdi. U ikkinchi raund oxirida braziliyalik Vinisius Oliveyrani ortdan bo'g'ib qo'ydi.
Turnirning "Eng yaxshi jangi" sifatida Mixal Oleksiychuk va Mark-Andre Barrio o'rtasidagi bahs tan olindi. Uch raund to'liq davom etgan qarama-qarshilik polshalik o'rta vazn toifasi vakilining g'alabasi bilan yakunlandi.
SHuningdek, o'z jangini muddatidan avval yakunlagan amerikalik yarim og'ir vazn toifasi vakili Dastin Jekobi hamda qozog'istonlik yarim o'rta vazn jangchisi Nikolay Veretennikovga 25 ming dollardan bonus berildi.



Fikrlar