22 fev 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Fight Night 267. Asosiy jang ham muddatidan avval yakunlandi
Biroz avval AQSHning Texas shtati Xyuston shahridagi "Toyota Center" arena mezbonlik qilgan navbatdagi UFC turniri o'z yakuniga etdi.
Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni SHon Striklend hamda Entoni Ernandes o'rtasida kechdi. Jang oldidan SHon o'rta vazn reytingida uchinchi, Entoni esa to'rtinchi o'rinni egallab turgandi.
Jangning uchinchi raundida Striklend Ernandesni kuchli va aniq tizza zarbasi evaziga muvozanatdan chiqardi. Keyin esa ketma-ket zarbalar yomg'ir sabab muddatidan oldin g'alabasini rasmiylashtirdi. Bu holatda referi Xerb Dinni jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. 34 yoshli Striklend 2023 yildan beri ilk bor jangni muddatidan avval g'alaba bilan yakunladi. 32 yoshli Ernandesning esa sakkizta jangdan iborat g'alabali seriyasi barham topdi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar