22 fev 06:52
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Fight Night 267. Qozog'istonlik jangchida g'alaba
Ayni daqiqalarda AQSHning Texas shtati Xyuston shahridagi "Toyota Center" arenada navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning prelim kardi doirasida qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Alibi Idiris (11-1) UFC`dagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. 31 yoshli Idiris yamaykalik Ode Osborn (13-10)ga qarshi oktagonga chiqdi. To'liq uch raund davom etgan jangda Alibi hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Alibi Idiris UFC`dagi debyut jangida mag'lubiyatga uchragan edi. U o'tgan yilning avgust oyida o'tkazilgan UFC 319 turnirida Jozef Moralesga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ode Osborn esa promoushendagi sakkizinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 5 ta g'alaba bor. 34 yoshli yamaykalik 2023 yilda boshqa bir qozog'istonlik Asu Almabaevga ham yutqazgandi.

Havola :
Fikrlar