21 fev 11:31
Yangiliklar
UFC Fight Night 267 turniri jangchilari tarozidan o'tib olishdi
Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni SHon Strikland hamda Entoni Ernandes o'rtasida o'tkaziladi. Har ikki jangchi belgilangan vazn meyorini muvaffaqiyatli bajardi. Strikland 83,91 kg, Ernandes esa 84,37 kg tosh bosdi. Entoni tarozida bir amallab vazn qila olgan.
Turnirning co-main event jangi yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi. Unda Urosh Medich (77,56 kg) tajribali Jeff Nil (77,34 kg)ga qarshi oktagonga chiqadi. Turnir kardidan jami 13 ta jang o'rin olgan bo'lib, faqat bir aralash yakkakurash ustasi vazn meyorini bajara olmadi. Fil Rou yarim o'rta vazn uchun belgilangan meyordan ko'proq tosh bosdi – 78,02 kg. Endi u o'z gonorarining malum bir qismini raqibiga jarima sifatida taqdim etadi.
UFC Fight Night 267 turniri tarozi natijalari:
O'rta vazn: SHon Strikland (83,91 kg) – Entoni Ernandes (84,37 kg)
Yarim o'rta vazn: Urosh Medich (77,56 kg) – Jeff Nil (77,34 kg)
Yarim engil vazn: Melkizael Kosta (66,00 kg) – Den Ayj (66,00 kg)
Og'ir vazn: Ante Deliya (108,41 kg) – Sergey Spivak (114,08 kg)
Yarim o'rta vazn: Jozayya Xarrell (77,56 kg) – Jeykob Smit (77,56 kg)
O'rta vazn: Mishel Pereyra (84,37 kg) – Zak Riz (84,14 kg)
Yarim o'rta vazn: Karlos Leal (77,11 kg) – CHidi Njokuani (77,56 kg)
Eng engil vazn: Alibi Idris (57,15 kg) – Odi Osborn (57,15 kg)
Eng engil vazn: Olden Koria (56,93 kg) – Luis Gurule (56,70 kg)
O'ta engil vazn: Nora Kornoll (61,69 kg) – Joselin Edvards (61,46 kg)
Yarim o'rta vazn: Ramiz Braximay (77,34 kg) – Punaxele Soriano (77,56 kg)
Yarim o'rta vazn: Jan-Pol Lebosnuani (77,34 kg) – Fil Rou (78,02 kg)*
Yarim engil vazn: Yader del Vale (66,00 kg) – Jordan Lyuitt (66,00 kg)
Eng engil vazn: Karli Judis (56,70 kg) – Juliana Miller (57,15 kg)

Fikrlar