22 fev 11:31
Yangiliklar
UFC Fight Night 267 turnirining bonus sohiblari malum
Kutilganidek, bugungi turnirda raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan jangchilar kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 100 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pullariga loyiq ko'rilishdi.
Oqshomning asosiy jangida Entoni Ernandesni uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni SHon Striklend, ketma-ket uchinchi jangini ham birinchi raundda nokaut bilan yakunlagan yarim o'rta vazn toifasi vakili Urosh Medich, birinchi raundda tajribali Den Igega faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgan yarim engil vazn jangchisi Melkizael Kosta hamda Jozayya Xarrellni birinchi raundda nokaut qilgan yarim o'rta vazndagi aralash yakkakurash ustasi Jeykobi Smit bonus sohibiga aylandi.




Fikrlar