21 fev 18:10
Yangiliklar
UFC Fight Night 273 turnirining asosiy jangi elon qilindi + POSTER
UFC matbuot xizmati ushbu oqshomning asosiy jangini elon qildi. Unda yarim o'rta vazn toifasi vakillari Gilbert Byorns va Mayk Malott o'zaro oktagonnii ikkiga bo'lishadi.
Malumot uchun, 34 yoshli Mayk Malott uchta ketma-ket g'alabali seriya bilan kelmoqda. U so'nggi jangda Kevin Xollandni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu bilan kanadalik aralash yakkakurash ustasi UFC’dagi yagona mag'lubiyatini yopib ketgandi. U Nil Megniga qarshi kechgan jangning uchinchi raundida texnik nokaut bilan yutqazgan edi.
Braziliyalik 39 yoshli Gilbert Byorns esa o'tgan yilning may oyida birinchi raunddayoq Maykl Moralesga texnik nokaut bilan yutqazib, ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. Oxirgi marta Byorns 2023 yilning aprel oyida Xorxe Masvidal ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.

Fikrlar