25 apr 11:13
Yangiliklar
UFC Fight Night 274 jangchilari tarozi hamda face to face marosimlarida hozir bo'lishdi
Ananaga ko'ra, UFC Fight Night 274 turniri ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasida amerikaliklar Aljameyn Sterling hamda Yussef Zalal o'rtasida bo'lib o'tadi. Tarozida sobiq UFC chempioni Aljameyn Sterling biroz og'irroq tosh bosdi - 66.22 kg. Yussef Zalal esa 65.99 kg vazn qayd etdi.
Umuman olganda, barcha jangchilar belgilangan vazn meyorini bajarishdi. UFC Fight Night 274 kardidan jami 13 ta jang o'rin olgan.
UFC Fight Night 274 tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Aljameyn Sterling (66.22 kg) – Yussef Zalal (65.99 kg)
Norma Dyumont (61.46 kg) – Joselin Edvards (61.46 kg)
Rafa Garsiya (70.31 kg) – Aleksandr Ernandes (70.53 kg)
Deyvi Grant (61.46 kg) – Adrian Luna Martinetti (61.46 kg)
Raoni Barselos (61.69 kg) – Montel Jekson (61.46 kg)
Markus Almeyda (114.53 kg) – Rayan Spenn (119.75 kg)
Prelim kard janglari
Erik MakKoniko (84.37 kg) – Rodolfo Vieyra (84.14 kg)
Sedrik Dyuma (83.46 kg) – Jekson MakVey (83.91 kg)
Mishel Montegyu (61.46 kg) – Mayra Bueno Silva (61.69 kg)
Kodi Dyorden (61.46 kg) – Jafel Filo (61.46 kg)
Lukas Brennan (70.31 kg) – Frensis Marshall (70.53 kg)
Maks Griffin (77.34 kg) – Viktor Valensuela (77.11 kg)
Talita Alenkar (52.62 kg) – Juliya Polastri (52.16 kg)

Fikrlar