22 fev 17:28
Yangiliklar
UFC Fight Night 274 turnirining asosiy jangi ham elon qilindi + POSTER
UFC matbuot xizmati tomonidan UFC Fight Night 274 turnirining asosiy jangi rasman elon qilindi. Unda yarim o'rta vazn toifasi vakillari SHon Bredi va Xoakin Bakli o'zaro oktagonda to'qnash keladi.
Har ikki amerikalik ham davogarlar poygasidagi mag'lubiyatdan so'ng oktagonga qaytadi. Bredi o'tgan yilning noyabr oyida birinchi raunddayoq Maykl Moralesga texnik nokaut bilan yutqazib, uchta g'alabadan iborat seriyasini to'xtatgandi. Bakli esa iyun oyida Kamaru Usmanga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib, ketma-ket ettinchi g'alabasini qo'lga kirita olmagandi.
Ayni paytda SHon Bredi va Xoakin Bakli UFC yarim o'rta divizioni reytingida mos ravishda oltinchi va to'qqizinchi pog'onalarni egallab turibdi. Aynan Bakli hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevning yagona mag'lubiyatiga sababchi bo'lgandi.

Fikrlar