11 okt 09:03
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Fight Night 290 turnirining asosiy jangi muddatidan avval yakunlandi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 290 turniri yakuniga etdi.
Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda amerikalik Brendan Allen angliyalik Kristian Leroy Dankanga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang beshinchi raundda Allenning g'alabasi bilan yakuniga etdi. Amerikalik jangchi britaniyalikni bo'g'ish usuli evaziga taslim etdi.
SHu tariqa, Brendan Allenning MMAdagi g'alabalari soni 30 taga etdi. Hisobida 7 ta mag'lubiyat bor. Brendanning g'alabali seriyasi to'rttaga etdi. Dankan esa bugun oltinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. MMAdagi g'alabalari 28 taligicha qoldi. Bungacha u beshta g'alabali seriya bilan kelayotgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar