29 mar 20:36
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Fight Nights 271 turniri jangchilarining gonorarlari malum
Garchi texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, sobiq chempion Israel Adesanya hammadan ko'p gonorar ishlab oldi.
Sporty Salaries agentligining xabariga ko'ra, bugun AQSHning Sietll shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Nights 271 turnirining asosiy jangida amerikalik Jo Payferga yutqazgan Israel Adesanya 521 ming AQSH dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarga ega bo'ldi. Jo esa 315 000 dollar ishlab oldi.
UFC Fight Nights 271 turnirining Top-10 gonorarlari:
Israel Adesanya – 521 000 dollar
Maykl Keza – 396 000 dollar
Aleksa Grasso – 365 000 dollar
Niko Prays – 321 000 dollar
Jo Payfer – 315 000 dollar
Marchin Tibura – 265 000 dollar
Julian Erosa – 215 000 dollar
Riki Simon – 215 000 dollar
Ignasio Baxamondes – 191 000 dollar
Terrens Makkinni – 186 000 dollar

Havola :
Manba : Sporty Salaries
Fikrlar