26 apr 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fizievning Boku turnirida jang qilishini tasdiqladi + POSTER
UFC'ning engil vazn toifasidagi reytingida 11-o'rinda turgan ozarbayjonlik Rafael Fiziev kelasi jangini o'z yurtida o'tkazadi.
Ushbu jangda Fizievga 15-o'rindagi chililik Ignasio Boxamondes raqib bo'ladi. Jang 21 iyun kuni Boku (Ozarbayjon) shahrida bo'lib o'tadi. Buni UFC matbuot xizmati rasman tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, Fiziev so'nggi jangini 9 mart kuni Las-Vegasdagi UFC 313 turnirida Jastin Getjiga qarshi o'tkazib, uch raundlik jangda hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub bo'lgan edi.
Ignasio Boxamondes esa uchta ketma-ket g'alabaga erishgan. U umumiy 22 ta jang o'tkazgan, shundan 17 tasida g'alaba qozongan va 5 marta mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar