29 dek 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Gustafsson Jonsga qarshi jang oldidan jarimaga tortildi + FOTO
UFC jangchisi Aleksander Gustafsson Jon Jonsga qarshi ertangi jang oldidan UFC va Reebok o'rtasidagi kelishuvni buzgani uchun jarimaga tortildi.
U jang oldidan o'tkazilgan vazn o'lchash marosimida "doping" yozuvi tushirilgan futbolkada chiqdi. Kelishuvga ko'ra, sportchilar Reebok'ning rasmiy futbolkalarida chiqishi lozim edi.
Endi u 10 mingdan - 30 minggacha AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, ertaga u Jon Jonsga qarshi jang o'tkazadi. Bir necha kun oldin esa Jon Jonsning tahlilidan taqiqlangan moddalar topilgandi.
Sportchilar o'rtasidagi jang ertaga ertalab o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar