16 jan 12:37
Yangiliklar
UFC Iliya Topuriyani chempionlikdan mahrum qiladimi?
Bu holatda UFC rahbari Dana Uayt hozircha Iliyani o'ziga tegishli unvondan mahrum qilishni rejalashtirmayapti, garchi u sud jarayonlari bilan bog'liq muammolar tufayli uzoq vaqt davomida oktagonga chiqa olmasa ham. Liga vaqtinchalik chempionlik kamari uchun 24 yanvar kuni Peddi Pimblett va Jastin Getji o'rtasida jang tashkil qilmoqda.
"Men juda ishonchli manbadan bilamanki, UFC Iliyani chempionlikdan mahrum qilmoqchi emas, ular unga qancha vaqt kerak bo'sa, shuncha vaqt berishadi, - dedi ESPN jurnalisti Karlos Kontreras Legaspi. - Agar vaqtinchalik kamarni himoya qilish kerak bo'lsa, ular bunga ruxsat berishadi. UFC’dagilar vaziyatga to'g'ri munosabatda bo'lishdi. Ular Topuriyaning yulduzli salohiyatiga juda ishonishadi".

Fikrlar