18 iyu 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Islam Maxachevning Las-Vegasdagi jangi muddatidan oldin yakunlandi
Rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachev Las-Vegasda oktagonga ko'tarildi.
UFC Vegas 31 turniri doirasida Maxachev braziliyalik Tiago Moyzesga qarshi jang qildi.
5 raundga mo'ljallangan jang 4-raundda nihoyasiga etdi. Biroz zerikarli kechgan jangda Maxachev raqibini bo'g'ish usulida mag'lub etdi. Islam bu vaziyatgacha ham jangda nisbatan faol harakat qilayotgandi.
Bu Maxachev uchun ketma-ket sakkizinchi g'alaba bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar