26 dek 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi granata portlashi oqibatida yaralandi
Braziliyalik yarim og'ir vazn toifasidagi UFC jangchisi Aleks Oliveyra granata portashi natijasida yaralandi.
Voqea Oliveyraning vatanida, Rojdestvo bayrami nishonlanayotgan bir paytda ro'y bergan. Aleks oila azolaridan biri mojaroga aralashib qolganligini ko'rib, vaziyatga aralashishga oshiqadi.
“Nomalum kimsaning do'stlarimdan biriga to'pponcha o'qtalganini ko'rdim va yordamga oshiqdim. Bezorilarning qo'lida pichoq va granata ham bor edi. Ulardan biri granatani men tomonga uloqtirdi. Natijada oyog'imdan yaralandim”, - dedi Oliveyra.
Aleks yaqin atrofdagi kasalxonaga bir amallab etib olgan. U erda uni operaciya qilishgan.
Havola :
Fikrlar