01 iyu 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Ngannu qo'shimcha bonusga ega bo'ldi
Og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Frensis Ngannu UFC on ESPN 3 turniridagi jangi uchun qo'shimcha bonus oladi.
Ngannu AQSHning Minnesota shtati Minneapolis shahrida o'tgan UFC oqshomining markaziy jangida sobiq jahon chempioni Junior dos Santosga qarshi oktagonga chiqqan va raqibini 71 soniyada nokautga uchratgan edi.
Frensis ushbu muvaffaqiyatli ishtiroki uchun UFC tomonidan qo'shimcha 50 000 AQSH dollari miqdoridagi bonusga loyiq ko'rildi. Aynan shuncha bonusga Jozef Benavides ham ega bo'ldi. U Jusser Formigni nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar