22 avg 13:34
Yangiliklar
UFC jangchisi odam o'g'irlash va ko'plab hujumlarda ayblanib, qamoqqa olindi
Feniks policiyasi xodimlarining MMA Fighting nashriga malum qilishicha, Kenni 16 avgust kuni soat 12:00 da detektivlar tomonidan hibsga olingan. U odam o'g'irlash, og'irlashtirilgan hujum (bo'g'ish) va tajovuzda ayblangan.
"Marikopa okrugi sudining malumotlariga ko'ra, Kenniga jami oltita ayblov qo'yilgan — odam o'g'irlash uchun ikkinchi darajali jinoyat va hujum qilish/bo'g'ish uchun to'rtinchi darajali jinoyat va to'rtta jinoyat sodir etganlik uchun. Eng og'ir ayb 2-darajadagi jinoyat bo'lib, u kamida to'rt yil va aybdor deb topilsa, 12,5 yilgacha qamoq jazosini o'z ichiga oladi", deya xabar beradi MMA Fighting.
Kenni o'zining so'nggi jangini 2021 yilda UFC 265 turniri doirasida xitoylik Song Yadongga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan.
Fikrlar