01 mar 12:27
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi "rekord" o'rnatdi
Bugun tongda navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
Xabar berganimizdek, oqshomning markaziy jangida Jozef Benavides ikkinchi engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan UFC kamari uchun Deyvison Figeredoga qarshi oktagonga chiqdi.
Jangda Jozef Benavides raqibiga imkoniyatni boy berdi. Bu uning UFCdagi uchinchi chempionlik jangidagi mag'lubiyati bo'ldi. Bunga qadar hech bir UFC jangchisi uch marta chempionlik jangida yutqazmagan edi.
Malumot uchun, Jozef Benavides Figeredodan tashqari ikki marta Demetrius Jonsondan mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar