16 mar 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Xabibdan so'ng Konorga ham “vyzov” tashladi
Braziliyalik UFC jangchisi CHarlz Oliveyra bitta yuqori vaznga ko'tarilib, Konor Makgregorga qarshi jang qilmoqchi.
Bu haqida braziliyalik jurnalist Gilerme Kruz malum qildi.
“Oliveyra engil vazn toifasidan yarim o'rta vaznga ko'tarilib, Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqmoqchi ekanligini malum qildi”, - dedi Kruz.
Eslatib o'tamiz, CHarlz o'tgan hafta Kevin Lini mag'lub etgandi. Jangdan so'ng u Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga ko'tarilish niyati borligini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar