06 jan 13:55
Yangiliklar

UFC Jon Jons so'ragan gonorarga rozi bo'ldi
Og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons navbatdagi chempionlik himoya jangi uchun 30 million AQSH dollari miqdorida gonorar so'ragan edi. Jons vaqtinchalik UFC chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan britaniyalik Tom Aspinallga qarshi oktagonga chiqadi.
"Ha, raqib Aspinall bo'ladi. Hozir tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida. Bilishimcha, UFC rahbarlari Jon Jons so'rayotgan 30 million dollar gonorarni berishga rozi bo'lgan", - dedi Rogan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning noyabr oyida Jons o'zining ilk chempionlik himoya jangini o'tkazgan edi. Nyu-Yorkda o'tgan UFC 309 turnirining markaziy jangida u divizionning sobiq chempioni Stipe Miochichni uchinchi raundda texnik nokautga uchratgandi. Tom Aspinall esa iyul oyida Manchesterdagi UFC 304 turnirida Kertis Bleydsni birinchi raunddayoq mag'lub etib, vaqtinchalik chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Fikrlar