29 okt 17:03
Yangiliklar
UFC kamari uchun sobiq davogar Sergey Pavlovichning raqibi malum
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi 2025 yilning 1 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 250 turnirida oktagonga ko'tariladi. Pavlovichning raqibi surinamlik Jairzino Rozenstrayk bo'ladi.
Malumot uchun, 32 yoshli Sergey Pavlovich ikki mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda. U avvaliga birinchi raundda britaniyalik Tom Aspinallga nokaut bilan yutqazdi. Keyin esa rus derbisida Aleksandr Volkovga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.
36 yoshli Jairzino Rozenstrayk esa aksincha, ikkita g'alabali seriya bilan odimlamoqda. SHamil Gazievni texnik nokautga uchratgan bo'lsa, Tai Tuivasani hakamlarning ayri qarori bilan taslim etdi. Ayni paytda Sergey Pavlovich UFC og'ir vaznlilar reytingida to'rtinchi, Jairzino Rozenstrayk esa to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar