19 jan 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Konor MakGregor ishtirokidagi jang soniyalar ichida yakunlandi
Irlandiyalik MMA jangchisi Konor MakGregor uzoq tanaffusdan so'ng UFCda jang o'tkazdi.
Sobiq chempion bu safar amerikalik Donald Serronega qarshi oktagonga chiqdi. 5 raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Konor jangni katta tashabbus bilan boshladi va raqibini yotqizib olgan holda ketma-ket zarbalar berdi. SHundan keyin hakam 40-soniyada jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Konorning chap oyoqda bergan kuchli va aniq zarbasi Kovboyning mag'lubiyatiga zamin yaratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar