06 fev 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Korme nima uchun Miochich bilan revanshga rozi bo'lmayapti?
UFCda og'ir vazn chempioni Daniel Korme nima uchun ikkinchi marotaba Stipe Miochichga qarshi jang qilmoqchi emasligi haqida gapirdi.
Korme hamda Miochich o'rtasidagi jang 2018 yilning iyulida UFC 226 turniri doirasida o'tkazilgandi. O'shanda Daniel raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan.
"Meni xech kimdan qarzim yo'q. Bilasizmi nima uchun yana Miochichga qarshi jang qilmoqchi emasman? Birinchi sababi u statusini yo'qotib bo'lgan. O'sha jangdan keyin men oktagonga chiqdim, u esa yo'q. U yutqazgan bo'lsada chempion. Ikkinchi sababi menda jarohat bor. Uchinchi sababi esa men yana qanday qilib yaxshiroq jang o'tkazishim mumkin? Ahir uni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandim", - deb xabar qoldirdi Korme Tvitterdagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar