11 okt 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Markaziy jang g'olibi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Eng engil vazn toifasida UFC janglarida ishtirok etuvchi Kori Sendxagen Marlon Moraes ustidan erishilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
“Karantinda uzoq vaqt shug'ullandim va ajoyib g'alabaga erishdim. Men karantin vaqtida uyda shug'ullanishda davom etdim. Mendan tashqari kamarga Ti Jey Dillashou va Frenki Edgar davogar, lekin ularga hurmatni saqlagan holda shuni aytishim kerakki, men Sterling - Yan jangi g'olibiga qarshi oktagonga ko'tarilishim kerak”,-dedi Kori.
Eslatib o'tamiz, bugungi markaziy jangda Kori raqibini ikkinchi raundda nokaut qilishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar