05 fev 08:13
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Meksika turnirining asosiy jangida Almabaev o'rnini kim egallashi malum + POSTER
Qozog'istonlik Asu Almabaev jarohat sabab bahor faslining ilk kuni Mexikoda o'tkaziladigan turnirning asosiy jangidan "echilgandi".
Ultimate Fighting Championship (UFC) promousheni matbuot xizmati angliyalik 26 yoshli Lonir Kavana UFC Fight Night 268 turnirida Asuning o'rniga meksikalik 32 yoshli sobiq chempion Brendon "Qotil bola" Morenoga raqib bo'lishini malum qildi.
Britaniyalik Kavana aralash yakkakurashlarda 8 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Hisobida 3 ta nokautli g'alaba bor. Yagona mag'lubiyati ham nokaut bilan yakunlangan. Moreno esa 23 g'alaba va 10 mag'lubiyatga ega.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar