25 noy 11:21
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Ngannu 45 soniyada raqibini nokaut qildi
Aralash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 141 shousi bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida Kertis Bleyds hamda Fransis Ngannu o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi. Jang birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq yakunlandi.
Ngannu o'ng qo'lda bergan kuchli zarbasi evaziga raqibini muvozanatdan chiqardi. Bleyds o'rnidan tura oldi, lekin keyingi ketma-ket zarbalardan so'ng referi jangni to'xtatdi. Bu vaqtga kelib jangning 45-soniyasi o'tib borayotgan edi.
Havola :
Fikrlar