23 avg 08:18
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC on ESPN 15. Markaziy jang to'liq davom etdi
Hozirgina AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri o'z yakuniga etdi.
UFC on ESPN 15 turnirining markaziy jangi engil vazn toifasida o'tkazilib, unda sobiq chempioni Frenki Edgar UFC reytingining beshinchi pog'onasida borayotgan braziliyalik Pedro Munosga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Besh raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va g'olib hakamlar bergan ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlardan ikki nafari 48-47 hisoblarida g'alabani Edgarga, yana biri esa 46-49 hisobida Munosga taqdim etdi. Yakunda Frenki 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Fikrlar