13 iyu 11:27
Yangiliklar

UFC on ESPN 70 turnirining bonuslari kimlarga nasib etdi?
Muddatidan avval finishlar ko'p bo'lgani bois, tashkilotchilarga bonus sohiblarini aniqlash qiyin kechdi. Morgan SHare va Neyt Landver o'rtasidagi to'qnashuv turnirning eng yaxshi jangi deb topildi va har ikki aralash yakkakurash ustasi 50 000 dollarlik bonusni qo'lga kiritishdi.
Braziliyalik og'ir vazn toifasi vakili Valter Uoker ham bonusga loyiq ko'rildi. U ketma-ket uchinchi g'alabasini tantana qildi. Bu safar Uoker 54 soniyada amerikalik Kennedi Nzechukvuni nokautga uchratdi. Jonni Uokerning ukasi bo'lgan Valter jangdan keyin rus tilida murabbiylari, oilasi va rus millatiga mansub rafiqasini tabrikladi.
"Men Rossiyani yaxshi ko'raman! Rossiya – mening uyim!", – dedi Uoker.
SHuningdek, turnirning ilk jangida ajoyib g'alabani qo'lga kiritgan Fatima Klayn ham bonusga loyiq ko'rildi. Fatima ikkinchi raundda Melissa Martinezni texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar