31 may 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 9. CHukagyan - SHevchenko jangi to'liq davom etdi
Ayni daqiqalarda AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi davom etmoqda.
Kechaning qiziqarli janglaridan birida qirg'izistonlik Antonina SHevchenko Ketlin CHukagyanga qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raund to'liq davom etgan bahsda hakamlar bir ovozdan CHukagyanning g'alabasini elon qilishdi.
SHu tariqa, Antonina faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Antonina UFC chempioni Valentina SHevchenkoning singlisi hisoblanadi. Valentina avvalgi janglarida aynan Ketlinni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini himoya qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar