28 iyu 12:22
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti aktyor Tom Kruz va qo'shiqchi Jastin Biberning jangini tasdiqladi
UFC prezidenti Dana Uayt mashhur Gollivud aktyori Tom Kruz hamda qo'shiqchi Jastin Biber o'rtasida UFC jangini tashkil qilish bo'yicha muzokara olib borilganini tasdiqladi.
“Agar bu jang o'tkazilsa, pullik translyaciya (PPV) olinadigan foyda UFC tarixidagi eng kattasi bo'lar edi. Bu ayni haqiqat. Menga juda katta odamlar qo'ng'iroq qilishdi. Ularning ism-shariflarini oshkor etmayman.
Imkon va ilojsiz narsaning o'zi yo'q. UFCga qiziqmaydigan insonlar ham jon deb bu jangni tomosha qilgan bo'lardilar. SHu sababli ham hech qachon “hech qachon dema”!, - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar