16 apr 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC prezidenti bekor bo'lgan Dariush - Oliveyra jangi taqdiriga munosabat bildirdi
UFC promousheni rahbari Dana Uayt engil vazn toifasi vakillari Beneil Dariush va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi bekor bo'lgan jang taqdiri haqida gapirdi.
Uning aytishicha, ushbu jang katta ehtimol bilan kechroq muddatga ko'chiriladi. SHu yo'l bilangina ko'pchilik qiziqish bilan kutayotgan jangni saqlab qolish mumkin. Oliveyraning mashg'ulotda olgan jarohati sababli 6 may kuni UFC 288 turniri doirasida o'tkazilishi kerak bo'lgan ushbu jang bekor bo'lgan edi.
"Hozir biz Oliveyra - Dariush jangi yuzasidan maslahatlashyapmiz. Dushanba kuni yakuniy qarorimizni elon qilamiz. Dariushning omadi kelmadi. Katta ehtimol bilan bu jangni saqlab qolamiz va kechroq muddatga ko'chiramiz", — dedi bugungi matbuot anjumanida Dana Uayt.
Takidlash joiz, aynan shu jang g'olibi engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachevning kamariga rasmiy davogarga aylanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar