24 iyu 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Makgregor oldiga jiddiy "ultimatum" qo'ydi
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor bilan jiddiy tarzda gaplashib oldi.
Uayt irlandiyalik sportchi yakuniy qaror chiqarishi shart ekanligini aytib, bu borada uzoq vaqt kuta olmasligini takidladi.
"Biz Konor bilan yaxshi munosabatdamiz. Qaytishga tayyor ekanligini aytishi bilan jang yuzasidan muzokaralarni boshlaymiz. Qachon bu voqea ro'y beradi? Buni bilmayman. Lekin Konor bir qarorga kelishi shart.
Makgregorning oldida ikkita yo'l bor: yo u qachon qaytishini aytadi yoki UFCdan ketadi. Boshqa yo'l yo'q. Raqib tanlashni ham uning o'ziga qo'yib beramiz", - deya Uaytning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Las Vegas Review-Journal.
Havola :
Fikrlar