26 mar 13:43
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Makgregorning qaroriga munosabat bildirdi
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vaznda sobiq jahon chempioni Konor Makgregorning qaroriga o'z munosabatini bildirdi.
Xabaringiz bor, bugun irlandiyalik jangchi professional sportdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.
"Uning puli etadi. SHaxsan men Konorning qarorini qo'llab-quvvatlayman. U to'g'ri qarorga keldi. Makgregorning o'rnida men bo'lganimda ham shunday yo'l tutgan bo'lardim. Endi u bor etiborini viski biznesiga qaratadi. Konor bilan ishlash men uchun hamisha yoqimli bo'lgan va buning uchun unga rahmat aytaman", - dedi Uayt.
Malumot uchun, Konor Makgregor professional faoliyati davomida 25ta jang o'tkazib, 21tasida g'alaba qozongan. Hisobida 4ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Fikrlar