01 fev 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Nurmagomedov - Makgregor 2 jangining taxminiy muddatini aytdi
UFC tashkiloti engil vazn toifasida barcha tomonidan kutilayotgan Konor va Xabib o'rtasidagi revansh jangini sentyabrdan avvalroq o'tkazmoqchi emas.
Bu haqida shaxsan UFC prezidenti Dana Uayt xabar berdi.
- Konorni oldinda nima kutmoqda?
- Xabib va Toni (Fergyuson) jangi Bruklin shahrida o'tkaziladi. Konor katta ehtimol bilan ushbu jang g'olibiga qarshi oktagonga chiqadi. Konor esa ortiq kuta olmasligini aytyapti.
- Xabib Ramazon oyi boshlanishidan oldin jang o'tkazadi. Bu esa uning keyingi jangi kutilganidan kechroq muddatda o'tkazilishini anglatadi. Konor yana qancha kutadi?
- Ha, Ramazon ro'zasi jangdan keyinoq (Xabib - Fergyuson jangi 18 aprel kuni o'tkaziladi) boshlanadi. SHunday keyin Konorning kutishiga to'g'ri keladi. Biz kuz oylarini kutamiz. Sentyabr, oktyabr, noyabr.
Havola :
Fikrlar