23 jan 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti tasdiqladi!
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer UFC jangchilari Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregorga qarshi jang qilmoqchi.
Bu xabarni UFC prezidenti Dana Uayt ham tasdiqladi.
“Floydning joylashtirgan anonslarini ko'rdim. U haqiqatdan ham Konor va Xabibga qarshi jang qilmoqchi. Aynan kimga qarshi jang qilishini hozir aniq bilmayman. Buning barchasiga vaqt kerak”, - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Floyd Xabib va Konorga qarshi jang qilish istagini bildirib, Instagram sahifasiga hatto posterlarni joylashtirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar