01 fev 09:51
Yangiliklar

UFC prezidenti Xabib - Konor revansh jangining qachon o'tazilishi haqida gapirdi
Uaytning aytishicha, rossiyalik jahon chempioni Konorga qarshi jang oldidan Toni Fergyusonni, Makgregor esa Serroneni mag'lubiyatga uchratishi kerak bo'ladi.
“Hozir Makgregor - Serrone jangini tashkil qilish bo'yicha ish olib boryapmiz. Boisi, har ikki sportchi bir-birlarini jangga chorlab ulgurishdi. Serrone ishtirokidagi bironta jang zerikarli o'tmagan. “Kovboy” Top-10talikka kirib oldi. U shunchaki jangchi! Serrone yaqindagina Ernandesga qarshi olovli jang o'tkazdi.
Xabib va Konor o'rtasidagi revansh? Birinchi yarim yillikda bu jangning o'tkazilmasligi haqiqatga yaqin. Xabib 9 oyga chetlatildi. Yuqoridagi fikrimda qolaman, Xabib Fergyuson bilan, Konor esa Serrone bilan jang o'tkazishi kerak. Agar ularning har ikkisi raqiblarini mag'lub etsagina, biz aniq revansh jangini tashkil qilamiz”, - dedi Uayt ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar