15 noy 12:04
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/48666_220.jpg)
UFC prezidenti Xabibning keyingi raqibi Fergyuson bo'lishi kerak demoqda
Aralash qoidalar bo'yicha UFC tashkiloti prezidenti Dana Uaytning fikricha, Xabib Nurmagomedovning navbatdagi raqibi Toni Fergyusson bo'lishi kerak.
Uaytning so'zlariga qaraganda, amerikalik jangchi chempionlik jangida ishtirok etish uchun munosib va u bunga o'z mehnati bilan erishgan. Boisi, Fergyuson 11ta jangdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti.
Toni avvalgi janglarida Edson Barboza, D’Arse, Kevin Li, Pettis, Vannat, Tomson, Dos Anos kabi UFC yulduzlarini muddatidan avval taslim etdi. Divizondagi bu kabi etakchilarni mag'lub etgan Toni chempionlik jangiga haqli.
Eslatib o'tamiz, Fergyuson 6 oktyabr kuni Las-Vegasda o'tkazilgan UFC229 turnirida Entoni Pettisni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. Aynan shu oqshomning markaziy jangida Xabib Nurmagomedov Konor Makgregordan ustun kelgandi.
Havola :
Fikrlar