05 avg 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Xamzat har hafta oktagonga chiqmoqchi
UFC prezidenti Dena Uayt so'nggi bir oy ichida yaxshigina shov-shuv ko'targan Xamzat CHimaevning rejalari haqida gapirdi.
CHimaev 10 kun ichida ikkita jangda g'alaba qozonib, o'ziga xos rekord qayd etgandi. Uayt hozircha Xamzatga Top-15 reytingidan joy olgan sportchilar bilan jang kafolatlanmaganini takidladi.
"Hozircha uning keyingi bahsdagi raqibi Top-15 jangchisi bo'ladimi, ochig'i, buni bilmayman. CHimaevning jangini tashkil qilish bo'yicha ishlayapmiz. U har hafta jang o'tkazishga tayyorligini malum qilgan. Menga bunday yondashuv yoqadi. Top-15dagi jangchilar rozi bo'ladimi, degan savol ham bor. Endi bu biznes! Xamzatning mashhurligi kun sayin oshmoqda. U yaqin orada kimgadir ilk mag'lubiyatni taqdim etadi", — deya Uaytning so'zlarini keltirmoqda BJ Penn.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar