02 mar 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Yarim engil vazndagi chempionlik kamari vakant bo'ladi
UFC prezidenti Dana Uayt yarim engil vazn toifasidagi o'zgarishlarga to'xtalib o'tdi.
Uning aytishicha, ushbu vazn chempioni Maks Xolloueyning engil vaznga o'tishi ayrim o'zgarishlarga sabab bo'ladi.
"Katta ehtimol bilan yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari vakant bo'lib qoladi. Maks engil vazndagi jangidan so'ng ortga qaytamasa kerak. U faoliyatini engil vaznda davom ettirsa kerak", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Maks Xollouey 13 aprel kuni Dastin Porega qarshi engil vazn toifasi vaqtinchalik chempionolik kamari uchun oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar