22 avg 08:54
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Qahramonovning g'alabasigacha hisob qanday ketayotgandi?
Biroz avval hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov UFCdagi debyut jangida g'alabaga erishdi.
U uchinchi raundda amerikalik Trevin Jonsonni bo'g'ish usulida, raqibini "uxlatib qo'yish" evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Jang muddatidan bir necha soniya oldin yakuniga etdi.
Ungacha esa hakamlar ortda qolgan ikki raund yakuniga ko'ra ham, Qahramonovning g'alabasini qayd etishayotgan ekan. Aniqrog'i, ikki nafar hakam har ikki raundni hamyurtimizga taqdim etgan bo'lsa, uchinchi hakam ikki raund yakuniga ko'ra durang qayd etayotgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar