30 sen 12:25
Yangiliklar
UFC rahbari Islam Maxachev bilan uning jang sanasini kelishib olishdi
Kecha Xabib Nurmagomedov Malayziyadagi matbuot anjumanida vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng kuchli jangchisi Islam Maxachevning jarohatidan forig' bo'layotgani, yanvar oyidagi UFC turniriga tayyor bo'lishini aytgan edi.
UFC rahbari Dana Uaytning aytishicha, Islam Maxachev chempionlik himoya jangini avval elon qilinganidek, majburiy davogar Arman Carukyanga qarshi o'tkazadi. Ushbu jang 2025 yil yanvar oyidagi UFC`ning raqamlangan turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning iyun oyida Maxachev uchinchi chempionlik himoya jangini muvaffaqiyatli tarzda o'tkazib olgandi. U beshinchi raundda Dastin Poreni bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. O'sha jangda Islam qo'lini jarohatlab olgandi. Buning natijasida uning 26 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 308 turniriga rejalashtirilgan jangi bekor bo'lgandi.
Fikrlar