05 may 10:44
Yangiliklar

UFC rahbari Kanelo - Krouford jangi promouteri bo'ladi
Kecha ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares hamda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Terens Krouford o'rtasidagi jang rasman elon qilingandi. Ushbu yil jangi 12 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Saudiya Arabistoni ko'ngilochar bosh boshqarmasi rahbari, promouter sifatida qisqa muddatda katta janglarni tashkil etishga ulgurgan Turki Al ash-SHeyx meksikalik afsona bilan 4 ta jang uchun shartnoma imzolagan. Ulardan dastlabkisi kecha Ar-Riyod shahrida kubalik Uilyam Skullga qarshi bo'lib o'tdi va unda "Kanelo" ochkolar hisobida g'alaba qozongandi.
"12 sentyabr kuni biz Las-Vegasdagi "Allegiant" stadionida kattta boks turniri o'tkazamiz. Afsonaviy "Kanelo" The Ring kamarini mashhur Krouforddan himoya qiladi. Mening akam Dana Uayt ushbu jangning promouteri bo'ladi", – dedi Turki.
Fikrlar