04 apr 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC rahbari Konor va Xabib o'rtasidagi "jang"ga munosabatini bildirdi
Xabaringiz bor, UFC jangchilari Konor MakGregor va Xabib Nurmagomedov bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoq orqali "jang" qilmoqdalar.
"Ijtimoiy tarmoqda Xabib va Konor o'rtasidagi bo'layotgan "jang"dan xabardorman. Vaziyat chegaradan chiqib ketmoqda. Biz har ikki sportchining jamoasi bilan bog'lanib, vaziyatni yumshatamiz. Barcha narsani ommaga olib chiqish shart emas", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, sportchilar o'rtasidagi ushbu treshtok bir necha kundan buyon davom etmoqda. Bugun MakGregor ushbu gap-so'zlarga chek qo'yishga urindi va Xabib bilan oktagonda ko'rishishini aytdi. Voqealar rivojini kuzatamiz.
Havola :
Manba : MatchTv
Fikrlar