09 fev 11:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC rahbari: Makgregor yozda Serronega qarshi oktagonga chiqadi
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor keyingi jangini Donald Serronega qarshi o'tkazishini malum qildi.
Uaytning fikricha, Serrone Konor bilan jang o'tkazishga har tomonlama haqli.
“Makgregor o'zining keyingi jangini yozda o'tkazishini xohlayman. Raqib esa Serrone bo'lishi kerak. Ularning har ikkisi ham shuni istashyapti. Konor ham, Donald ham bunga to'la haqli.
Serrone hech qachon raqib tanlamagan. Takliflarga hamisha o'z roziligini bergan. Konor ham xuddi shunday yo'l tutgan. Agar ular rozi bo'lishsa, men ertagayoq ushbu jangni tashkil qilishga kirishaman”, - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar