02 dek 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC rahbari Xabib va Konorning navbatdagi janglarini anons qildi
UFC prezidenti Dana Uayt promoushenning navbatdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Konorning Serronega qarshi jangi muhokama ham qilinmagan. U hozir Dastin Pore bilan jang qilishi kerak. Toni Fergyuson esa chempionlik jangida Xabib Nurmagomedovga qarshi kurash olib boradi. Yuqoridagi ikki jang g'oliblari keyin o'zaro hisob-kitob qiladilar.
Ammo asosiy savol, Xabib va Konor qachon oktagonga chiqishi haqida. Eng avvalo, ular Nevada sport komissiyasi bilan bog'liq muammoni hal qilib olishlari lozim. Hammasi joyida bo'lsa, ular ishtirokidagi janglar 2019 yilning birinchi yarmida o'tkaziladi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMAFighting
Fikrlar