18 may 13:21
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Ramazon Temirov jang qiladigan turnirni rasman elon qildi (POSTER)
Dunyoning etakchi MMA Ligasi bo'lmish UFC Abu-Dabiga qaytayotganini malum qildi.
25 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida navbatdagi UFC Fight Night turniri tashkil etiladi.
Avval xabar berilganidek, mazkur turnirda hamyurtimiz Ramazon Temirov Avstraliya vakili, o'ta engil vaznda UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan Stiv Erceg bilan to'qnash keladi.
Bundan tashqari, yarim og'ir vazndagi reytingda o'ninchi pog'onani band etib turgan vakilimiz Bogdan Guskov ham Abu-Dabidagi UFC Fight Night turnirida ishtirok etishi mumkin.

Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar