09 jan 07:48
Yangiliklar
UFC rasman og'ir vazndagi qiziqarli jangni elon qildi + POSTER
Oqshom doirasida og'ir vazn toifasi jangchilari - Moldova vakili Sergey Spivak va xorvatiyalik Ante Deliya oktagonda o'zaro to'qnash keladi. Ikkala og'ir vazn toifasi jangchilari ham mag'lubiyat bilan ushbu jangga qaytadi. Qizig'i, ularning har ikkisi ham dominikanlik Valdo Kortes-Akostaga yutqazgan.
Akostadan qabul qilingan mag'lubiyatdan ikki oy oldin xorvatiyalik Deliya UFC’dagi debyutini muvaffaqiyatli o'tkazgandi. O'shanda u birinchi raundda Marchin Tiburani nokautga uchratgan edi. Spivak o'tgan yilning yanvarida birinchi raunddayoq Jailton Almeydaga texnik nokaut bilan yutqazgandi.
Ayni paytda Sergey Spivak va Ante Deliya tashkilotning og'ir vazn toifasidagi reytingida mos ravishda ettinchi hamda to'qqizinchi o'rinlarni egallab turibdi.

Fikrlar